12 Mart 2021 yil 529

Mol o'g'rilari qo'lga olindi

Denov tumanida 2021 yilning 5 mart kunidan 6 mart kuniga o'tar kechasi, "Jamatak" mahallasida yashovchi, q.M. va tumanning "A.Jomiy" mahallasida yashovchi, T.J.lar tumanning "Jamatak" mahallasida yashovchi, A.B. ismli ayolning molxonasidan 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so'mlik 1 (bir) bosh qora molini o'g'irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan, 2021 yilning 7 mart kuni q.M. va T.J.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Atrofidagi boshqa tengdoshlari kabi o'zlariga to'g'ri yo'lni tanlamasdan, o'zgalarning halol mehnat qilib topgan pullarini, mol-mulkini o'g'rilik qilib, harom va noqonuniy yo'llar bilan kun kechirishni istagan kimsalarning qilmishlari qonun oldida javobgar bo'lishga majbur bo'ladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech