11 Mart 2021 yil 568

Mobil ilova orqali o'g'rilik qildi

Sho'rchi tumanida, 2021 yilning 4 mart kuni tumanning "Oqqo'rg'on" mahallasida yashovchi, A.B. tumandagi maktab o'qituvchisi, q.D.ga tegishli bo'lgan "Nimo" plastik kartasi hisobida bo'lgan 1 103 421 (bir million bir yuz uch ming to'rt yuz yigirma bir) so'm pullarni uning telefon apparatini vaqtincha foydalanish uchun olgan vaqtida, o'zining telefon apparatiga o'rnatilgan "Oson" mobil ilovasi orqali plastik raqamiga o'tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan, 2021 yilning 6 mart kuni fuqaro A.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Endilikda, o'zganing mulkini osonlik bilan o'zlashtirgan A.B. o'z qilgan qilmishi uchun qonun oldida javob berishi tayin, ammo vijdoni oldida qanday javob beradi. Axir "so'nggi pushaymon o'zingga dushman"- deb, xalqimiz bejizga aytishmagan-ku.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech