MILLIY MADHIYAMIZ - MILLIY OR VA GʻURURIMIZ
Madhiyamiz mamlakat mustaqilligi, xalq ozodligi, davlatning buyuk kelajagi haqida kuylaydigan, farovon jamiyat qurilishi yo‘lida fidokorona mehnat va bunyodkorlikka ruh bag‘ishlashga xizmat qiladigan istiqlol ramzidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul
qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo
akademik litseyida “Tillarni oʻrganish” kafedrasi mudiri, PhD Oʻ.Abdunazarov,
ona tili va adabiyot fani bosh oʻqituvchilari S.Norboyeva, M.Tuxliyeva va Huquqshunoslik
fani oʻqituvchisi I.Karimovlar boshchiligida ʼʼMILLIY MADHIYAMIZ - MILLIY OR VA
GʻURURIMIZʼʼ shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Madhiya qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat
tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi,
yurtga mehr uyg‘otishi, bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va
kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam ekanligi
xususida soʻz bordi.