21 Noyabr 2021 yil
762
Mijozga giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs qo'lga olindi
Denov tumanida 2021 yil 2 noyabr kuni soat 13:10 larda, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tuman hududida o'tkazilgan tadbir davomida, Sariosiyo tumani "Nilu" mahallasida yashovchi, S.Umar (ism sharif o'zgartirilgan) mijozga sof vazni 23,73 gramm bo'lgan "marixuana" giyohvandlik vositasini 2.400.000 (ikki million to'rt yuz ming) so'mga sotayotgan vaqtida ushlangan. 3 noyabr kuni S.Umarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati