Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasidagi yig'ilish xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishga bag'ishlandi
2021 yil 30 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi majlislar zalida viloyat IIB Mva FR boshqarmasi va shahar-tuman IIB MvaFRB xodimlari tomonidan fuqarolarni qabul qilishda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev, O'zbekiston Respublikasi IIV MvaFR bosh boshqarmasi O'MIB katta tezkor vakili podpolkovnik Sh.Mirzaev, O'zbekiston Respublikasi IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik O.Ro'ziqulovlar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig'ilish qatnashchilari tomonidan shaxsiy tarkib o'rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka qat'iy rioya qilish, viloyat ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibi o'rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning huquqiy ongi, bilim saviyalari, kasbiy mahoratlari, dunyoqarashlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va boshqa masalalar haqida so'z yuritildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati