Mensimaslik oqibati...
Denov tumanida 2021 yilning 26 fevral kuni taxminan soat 17.30 lar chamasida, tumanning "Vodiy" mahallasida joylashgan metan gaz quyish shahobchasida, tumanning "Qoraxon" mahallasida yashovchi, A.I. va tumanning "past Qiziljar" mahallasida yashovchi, u.O.lar mashinasiga navbatsiz gaz olishni maqsad qilib, jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan, "so'lim Diyor" qishlog'ida yashovchi, R.S. bilan navbat ustidan o'zaro janjal qilib, R.S.ni qo'llari bilan duch kelgan joylariga urishib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. 18 mart kuni A.I. va u.O.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati