9 May 2022 yil
420
Mehnat faxriylari va sog‘ligini yo‘qotgan xodimlar uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan 2022 yil 12 yanvar kuni tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi”ga muvofiq, 2022 yil davomida, Ichki ishlar vazirligi tizimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash hamda 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan O‘zbekiston xalqining asl farzandlari, shu jumladan, ichki ishlar organlari xizmatida faoliyat ko‘rsatgan urush va mehnat fronti faxriylari, xizmat vaqtida xalok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari hamda hozirgi kunda ichki ishlar organlarida xizmat qilib, sog‘ligi bo‘yicha uylarida yotib qolgan nafaqadagilarni yashab turgan xonadonlariga borilib tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.
Tibbiy tekshiruv xulosalariga asosan, sog‘lomlashtirish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Tibbiy tekshiruv xulosalariga asosan, sog‘lomlashtirish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati