“Men o‘qishim lozim bo‘lgan 5 kitob” – ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida 1-bosqich o‘quvchilarining badiiy savodxonligini oshirish, ularni kitob o‘qishga yanada kengroq jalb etish va mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida “Men o‘qishim lozim bo‘lgan 5 kitob” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda
1/24-guruh o‘quvchilari, shuningdek, Axborot kutubxona markazi xodimlari, Yoshlar
Ittifoqi yetakchisi hamda ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ishtirok etib,
o‘qigan badiiy asarlari yuzasidan qizg‘in fikr almashishdi.
Tadbir davomida
o‘quvchilar o‘zlari mutolaa qilgan kitoblaridan olgan ta’surotlari haqida fikr yuritib,
muallifning badiiy mahorati, asarning ta’sir kuchi va dolzarbligi haqida o‘z mulohazalarini
bildirishdi.
Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarning nafaqat badiiy asarlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, balki ularda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va nutq madaniyatini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.