Men farzandim taqdiriga befarq emasman
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoevning 2023-yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida
haftaning shanba kuni viloyatning tajribasi sifatida "Otalar qabul kuni"
bo‘lishi taklifi berilgan edi.
Bugun “Men farzandim taqdiriga
befarq emasman!" shiori ostida Angor
tumanidagi 46 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Otalar yig‘ilishi"
bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda mas’ullar farzand
ta’lim-tarbiyasida otalar ko‘proq mas’uliyatli bo‘lishi to‘g‘risida o‘zaro fikrlar
almashdilar.
Tuman IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yig‘ilishda
psixolog inspektorlar tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida og‘ir turdagi jinoyatchilikning
oldini olish hamda maktabga farzandlarining kelib-ketishini nazorat qilishlari yuzasidan
ota-onalarga tushuntirish ishlari olib borildi.