2 Mart 2021 yil 1486

Mehr operasiyasi-4

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samarasi o'laroq Afg'oniston Islom Respublikasi bilan qo'shnichilik aloqalari tobora yaxshilanib, ikki davlatning hamkor tashkilotlari o'rtasida ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. So'ngi yillarda o'choqli hudud hisoblangan Suriya Arab Respublikasi va Afg'oniston Islom respublikalaridan adashib yod g'oyalar ta'sirida xalqaro terrorchilik tashkilotlarining saflarida bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakatimizga "mehr operasiyasi" doirasida o'z oilalari bag'riga qaytarilish ishlari amalga oshirilib, jahon hamjamiyati oldida davlatimizning olib borayotgan siyosati yuksak baholandi.
Yaqinda Afg'oniston va Pokiston Islom Respublikasi hududlarida tashkil etilgan xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga borib qo'shilib, keyinchalik Afg'oniston Islom Respublikasining hududiga o'tgan, shuningdek, ushbu hududda yashagan shaxslarning bir guruhi "mehr operasiyasi - 4" doirasida yurtimizga olib kelindi.
Afg'onistonning hamkor tashkilotlari ko'magida olib kelingan 24 nafar ana shunday shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan "Ayritom" chegara posti orqali kutib olindi va tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, viloyat hokimiyati, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda sog'liqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi "davolash va sog'lomlashtirish" markazi binosiga joylashtirildi. Mazkur "davolash va sog'lomlashtirish" markazi barcha shart sharoitlarga ega bo'lib, shay holga keltirilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech