5 Iyun 2021 yil 778

"Mehr-5" insonparvarlik operasiyasi ortidan quvonch ko'z yoshlari...

Joriy yilning 30 aprel kuni muhtaram Prezidentimizning topshirig'iga binoan "mehr-5" insonparvarlik operasiyasi doirasida, yaqin Sharq davlatidan 93 nafar ayol va bolalar orasida surxondaryolik u.Turdieva hamda o.Qoraeva va uning 1 nafar voyaga etmagan farzandi Suriya Islom Respublikasidan O'zbekiston Respublikasiga olib kelinib, Toshkent viloyati "Bo'ston" sog'lomlashtirish markaziga joylashtirildi.
Ularga psixologik va dastlabki tibbiy yordamlar ko'rsatilib, ijtimoiy hayotga moslashtirish ishlari olib borildi.
Bugun "mehr-5" insonparvarlik operasiyasi doirasida O'zbekistonga olib kelinganlar, Surxondaryo viloyatining Qumqo'rg'on temir yo'l bekatida kutib olinib, o'z yashash manzillari oilasi bag'riga qaytarildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech