Mehmon-mezbon qo'shnisini urib, tan jarohati etkazishiga nima sabab bo'ldi
Sho'rchi tumanida 2021 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 11:30 lar chamasida, tumaning "Yakkabog'" mahallasida yashovchi, N.X.ni qo'shnisi, yu.B.ning uyiga mehmonga kelgan jiyani, Denov tumanida yashovchi, Ch.A. N.X. va yu.B.ning o'rtasidagi o'zaro kelishmovchilikka aralashib janjallashib qoladi va N.X.ga "o'rtacha og'irlikda"gi tan jaroxati etkazadi.
Natijada 2021 yilning 7 mart kuni mehmon yigit Ch.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atiladi.
Endilikda mehmon yigit o'zgalarning muammosiga hech bir sababsiz aralashganligi hamda buning oqibatida, qarindoshining qo'shnisiga etkazgan tan jarohati uchun qonunda belgilangan tegishli jazoni olishi tayin.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati