22 Noyabr 2022 yil 425

MChJ binosi ichidagi seyfdan yetmish yetti million so‘m pul o‘margan shaxslar qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2022 yil 5 noyabr kuni, Toshkent shahrida yashovchi, MChJ rahbari, Sh.Shokir (ism shariflar o‘zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 31 oktabr kunidan 1 noyabr kuniga o‘tar kechasi soat 03.00 larda, noma’lum shaxslar shaharning “Jayxun” mahallasida joylashgan MChJ binosining ichida bo‘lgan temir seyfdan jami 77.000.000 (yetmish yetti million) so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini bildigan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Termiz shahrida yashovchilar, B.Sobir. K.Kamol va T.Ioliblar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 5 noyabr kuni B.Sobir. K.Kamol va T.Ioliblarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech