18 Yanvar 2022 yil 860

Maxsus unvon olish uchun o'quvlar tashkil etilmoqda

O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi "ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ 5076-son qarori hamda ichki ishlar vazirligining 2021-yil 27-avgustdagi 310-sonli "ichki ishlar organlarida uzluksiz o'quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to'g'risida"gi buyrug'ida ichki ishlar organlarida uzluksiz o'quv-karera jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish bo'yicha o'qitish nazarda tutilgan.

Unga ko'ra, tizim xodimlari navbatdagi "katta serjant", "kapitan", "mayor" va "podpolkovnik" maxsus unvonlarini olish uchun vazirlik malaka oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan kunduzgi va masofaviy o'quv kurslarida tahsil olishlari va belgilangan namunadagi sertifikatni qo'lga kiritishi lozim.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 17 yanvar kuni viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan navbatdagi "kapitan" maxsus unvonini olishlari uchun onlayn tizimida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'quv yig'ini oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.

Unda o'quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilarga IIV malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturidagi har bir mavzuni to'liq o'zlashtirganidan so'ng ushbu mavzu bo'yicha umumlashgan test savollari, yakuniy nazorat topshiriqlarini bajarib, so'rovnomalarga batafsil javob berishlari hamda o'quv yig'inini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi tushuntirildi.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech