5 Aprel 2022 yil 356

Matiz avtomashinasini olib berishni va’da qilib pullarni o‘zlashtirgan firibgarga jinoyat ishi ochildi

2022 yil 24 mart kuni Sho‘rchi tumanida yashovchi, B.Botir (ism shariflar o‘zgartirilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2012 yilning o‘rtalarida tanishi Sho‘rchi tumanida yashovchi, D.Davron “Matiz” avtomashinasi olib berishini va’da qilib 4700 (to‘rt ming yetti yuz) AQSH dollari pullarini olib, aldab ketganligini bildirgan. 24 mart kuni D.Davronga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech