Matbuot uyida “turizm va madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilishda hamkorlik” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Joriy yilning
15 sentabr kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati
hududiy bo‘linmasi tomonidan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi,
viloyat hokimligi, viloyat Prokuraturasi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy
assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari, Siyosiy institutlar
va Madaniy meros boshqarmasi bilan hamkorlikda “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza
qilishda siyosiy institutlarning roli” mavzusida Matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘tkazilgan Matbuot anjumanida
turizm va madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, deputatlar va davlat
idoralari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, xalqaro grantlarni
jalb qilishni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan masalalar kelishib olindi.