28 May 2024 yil 467

“Matbuot uyi”da o‘tkazilgan matbuot anjumanida, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi islohotlar tahlil qilindi

Avval xabar qilganimizdek, bugun Termiz shahridagi “Matbuot uyi” binosida "Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda islohotlar natijasida fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar" mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi va soha xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi. 

Dastlab, Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i, mayor Husniddan Xalliev boshqarma va uning shahar-tuman bo‘linmalari tomonidan 2024 yilning 4 oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Takidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentabrdagi PF–6065-son Farmoniga muvofiq viloyatda 74.428 nafar fuqaroga identifikatsiyalovchi ID-kartalari rasmiylashtirilgan. (ma’lumot uchun: 2021 yildan shu davrga qadar jami 407.991 nafar fuqarolarga identifikatsiyalovchi ID-kartalar rasmiylashtirib berilgan.)

Shuningdek, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 31 iyuldagi «Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat raqami belgilarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 321-sonli qaroriga asosan 2023 yil 1 dekabr kunidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyiga borib identifikatsiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish tartibi joriy etilib, Call markaz (71-200-00-24) tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PF–5156-sonli Farmoni va 2018 yil 26 dekabrdagi PQ–4079-sonli Qaroriga asosan 2019 yilning 1 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun chet elga vaqtincha chiqish ruxsatnoma yozuvi stikeri rasmiylashtirish tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish joriy etilgan. Shu asosda o‘tgan davrda 550 ming 454 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berilgan.

Shuningdek, 2022 yildan boshlab xorijga chiqish biometrik pasporti davlat xizmatlari markazi tomonidan ham rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yilib, hozirgi kunda viloyatimizning 9 ta shahar va tumanida faoliyat yuritmoqda. Kelgusida bu xizmat barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil      16-iyundagi PQ-282-sonli qaror bilan bu yo‘nalishda bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuz berdi. Jumladan;

      - ariza anketa to‘ldirish tartibi bekor qilinib, elektron ariza shakllantiriladi.

      -27 yoshga to‘lmagan fuqarolardan harbiy xizmatga majburligi haqida ma’lumotnoma talab qilish tartibi bekor qilingan.

      -voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasi bir vaqtda IIBMvaFRBga kelganda ulardan rozilik ariza olish tartibi bekor qilinib, tilxat olish amaliyoti joriy etilgan.

-1,2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan bo‘lsa, davlat bojini to‘shlash imkoniyati 50 foiz etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–610-sonli Qonunning 19-moddasi tartibida 2016 yilning dekabr oyidan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 97 ta Farmoniga asosan jami 1.365 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Bu raqamlar yillar kesimida tahlil qilinganida 2016 y. – 11 nafar, 2017 y. – 12 nafar, 2018 y. – 68 nafar, 2019 y. – 166 nafar, 2020 y. – 603 nafar, 2021 y. – 252 nafar, 2022 y.  – 66 nafar, 2023 y. – 124 nafar,  2024 y. – 63 nafar shaxs O‘zbekiston fuqarosi pasportini olgan.

Matbuot anjumani da ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Text to speech