Masjidlarda Kiber madaniyatni yuksaltirish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida Juma namozlari vaqtida
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot va tashviqot
ishlari olib borildi va imomlar tomonidan ushbu turdagi jinoyatlardan fukarolarimizni
ogoxlikka chakiruvchi ma’ruzalar qilindi.
Ushbu targ‘ibot tadbirlarda, viloyat hududida mavjud bo‘lgan 130 ta masjidlarda ushbu tag‘ibot oyligi doirasida
ma’ruzalar qilindi. Ushbu targ‘ibot ishlari natijasida 63 mingdan ortiq fuqarolarga
targ‘ibot ma’ruzasi yetqazildi, tushunchalar berildi va targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik,
o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida
so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil
aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.
Targ‘ibot tadbiri yakunida,
targ‘ibot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan
javoblar olishdi.