21 Noyabr 2022 yil 338

Masu’llar tomonidan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida saqlanayotgan bolalarning muammolari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli Qarorining ijrosi ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Z.A.Xidirova, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Ya.Hamidova, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i mayor A.A.Xudoyberdiev va viloyat IIB JXX HPB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O‘.J.Eshimovalar ishtirokida viloyat IIB tasarrufida bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Ushbu markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning har biri bilan alohida suhbat olib borilib, suhbat davomida ular bilan bog‘liq bo‘lgan muammolari o‘rganildi. O‘rganish davomida, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech