5 Aprel 2021 yil 639

Mastlik oqibatida sodir etilgan o'g'irlik

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 19 mart kuni, tumanning "Surxon sohili" mahallasida yashovchi, Sh.Sh. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 18 mart kuni taxminan soat 13.00 lar chamasida, noma'lum shaxslar yashash uyiga eshigi orqali kirib, xonada turgan 300.000 (uch yuz ming) so'mlik shurpavyor, 300.000 (uch yuz ming) so'mlik "Samsung" rusumli uyali telefon apparatini va 30.000 (o'ttiz ming) so'm pullarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni tumanning "Ulug'bek" mahallasida yashovchi, A.Sh. Sh.Sh.ning uyida yollanma ishchi ya'ni ustachilik qilib, ta'mirlash ishlarini amalga oshirib kelganligi va spirtli ichimlik iste'mol qilishi oqibatida mast bo'lib o'zini idora qilaolmaganligi oqibatida, ushbu jinoyatni sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 30 mart kuni A.Sh.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech