Mastlik oqibati
Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 16 fevral kuni taxminan soat 21.20 lar chamasida, tumanning "Boymoqli" mahallasida yashovchilar, T.Q. va Sh.T.lar mahallasi hududida joylashgan mini futbol o'yingohida, tumanning "Achamoyli" mahallasida yashovchi, maktab o'quvchisi, B.S. bilan janjal qilib, uni har ikkalasi qo'li bilan jag'va yuz sohalariga urib, o'rtacha og'irlikdagi shikast etkazgan.
Fuqarolar T.Q. va Sh.T.lar ushbu harakatlarini spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holda atrofdagilarni mensimasdan, futbol maydonida navbatsiz futbol o'ynash maqsadida sodir etgan natijada, 16 mart kuni T.Q. va Sh.T.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a,b" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati