26 May 2022 yil 438

Mast holda mashina boshqarmang, haydovchi!

Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi YHXG xodimlari Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasiga qarashli Termiz tumani qo‘riqlash bo‘limi xodimlari uchun targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunga qaramasdan ayrim fuqarolar tomonidan hanuzgacha yo‘l harakati qoidalariga rioya etilmasdan kelinayapti. Bu esa yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlar afsuski, huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilayotgan ayrim xodimlar tomonidan ham sodir etilayotganligi, ayniqsa xodimlar spirtli ichimliklar iste’mol qilib, avtotransport vositalarini boshqarish holatlari qayd etilayotgani achinarli holdir. Targ‘ibot tadbiri davomida ana shular xususida batafsil ma’lumot berilib, fuqarolarimiz yanada hushyor bo‘lishga undashdi. Kelgusida esa yuqoridagi holatlarni oldini olish maqsadida xodimlar tomonidan o‘zlarining boshqaruvida bo‘lgan avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, yo‘l harakati qoidalariga qa’tiy rioya etishlari, spirtli ichimliklar iste’mol qilib avtotransport vositalarini boshqarmasliklarini, avtotransport vositalarini belgilanmagan joylarga va qarovsiz qoldirib ketmasliklari, me’yoriy hujjatlarni to‘liq o‘zlari bilan olib yurishlarini ta’kidlab, mazkur holatlarni qo‘pol ravishda buzgan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ayrim xodimlarining xatti-harakatlari bo‘yicha misollar keltirib o‘tildi.
Bundan tashqari, viloyatimizga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy fuqarolarni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra valyutalarni o‘zbek pullariga almashtirishlari bo‘yicha, qo‘riqlash xizmati tomonidan qo‘riqlanayotgan banklarda, valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali almashtirilishiga ko‘maklashish va zaruriy yordam ko‘ratish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib, viloyat IIBda tashkil etilgan “TOURIST POLICE” xizmati va uning afzalliklari to‘g‘risida qisqacha tushuntirilib, kelgusida xorijiy fuqarolar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qo‘riqlash xizmati xodimlari viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlik qilinishi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech