17 Noyabr 2021 yil 489

"Masofadan o'qish o'ziga xos mustaqil o'qishdir" tamoyili asosida, o'quv-darslari tashkil qilindi

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining "Ichki ishlar organlaridagi uzluksiz o'quv-kar'era jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun o'qitishni tashkil etish to'g'risida"gi farmoyishiga asosan vazirlik malaka oshirish institutining masofaviy ta'lim platformasi orqali viloyat ichki ishlar organlari xodimlari bilan "kapitan" maxsus unvonini berish uchun navbatdagi masofaviy malaka oshirish o'quv kurslari boshlandi.
Ichki ishlar organlaridagi uzluksiz o'quv kar'era jarayoni tizimi bo'yicha xodimlarga navbatdagi "kapitan" maxsus unvoni berish uchun maxsus malaka oshirish kurslari offline tizimida tashkil etilgan o'quv kursining maqsadi – xodimlarning bazaviy huquqiy va kasbiy bilimlari hamda amaliy ko'nikmalarini oshirishdan iborat.
Malaka oshirish institutining masofaviy ta'lim elektron platformasi orqali xodimlar asosiy xizmat joyidan ajralmagan holda masofadan turib o'quv dasturlarini mustaqil o'zlashtirishlari uchun o'quv-metodik materiallar bilan ta'minlangan. Tinglovchilar har bir ma'ruzalar matnini adabiyotlar, videorolik va taqdimot materiallari orqali o'zlashtirib borishadi.
O'quv kursi boshlanishi oldidan vazirlik malaka oshirish instituti Surxondaryo filiali rahbari hamda viloyat IIB kasbiy tayyorgarlik bo'limi boshlig'i tomonidan masofaviy o'quv kurslariga jalb qilingan viloyat ichki ishlar organlari xodimlariga login va parollar tarqatildi hamda o'quv yig'ini oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.
Masofadan o'qish o'ziga xos mustaqil o'qishdir. O'quv yig'inini muvafaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech