Mashaqqatli kasb egalari taqdirlandi
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O'zbekiston Qurolli kuchlarining 30 yilligi munosabati bilan tuman hududida joylashgan harbiy qismda bir guruh askar va zobitlar taqdirlandi.
3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik O'tkir Shukurov hamda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Maqsud Chorievlar yurt osoyishtaligini ta'minlayotgan xizmatchilarni bayram bilan tabriklab, Vatan oldidagi sharafli burchlarini ado etishdagi mashaqqatli faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, harbiy qism komandiriga ishchi ishlar bo'limining tashakkurnomasi hamda tuman hokimining tabrigi va esdalik sovg'alari topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati