3 Avgust 2023 yil 191

Maqsadimiz, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda “Xavfsiz mahalla” tizimini tashkil etishga qaratilgan

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Jarqo‘rg‘on tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda “Xavfsiz mahalla” tadbiri uyushqoqlik bilan o‘tkazish borasida bir qator amliy ishlar olib borilmoqda.

Birgina Jarqo‘rg‘on tumani IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Jamoat tartibini saqlash guruhi va tumanlararo Patrul-post xizmati guruh xodimlari tomonidan tumandagi “Surxon sohili” mahallasi hududida  Mardikorlik bilan shug‘ullanuvchi, ko‘cha va jamoat joyilari, savdo do‘konlari oldida tilamchilik bilan shug‘ullanib yurgan shaxslar tekshirilib ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari tuman IIBda ov quroli bilan ro‘yxatda turuvchi fuqarolarningyashash uylariga borilib, ov qurolini saqlash va olib yurish qoidalariga amal qilishini tekshirilib, ularga tartib qoidalarga amal qilishlari to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan bo‘lsa,  Dexqon bozori ichki qismida eski narsa buyumlarni sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar, aravakashlar bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qo‘l urmasliklari to‘g‘risida profilaktik ogohlantiruv ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek oziq- ovqat dehqon bozoridagi qorovullar bilan profilaktik suhbatlar olib borilganda, ularga ish vaqti davomida hududiy profilaktika inspektori bilan hamkorlikda ish olib borishlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Maqsadimiz, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda “Xavfsiz mahalla” tizimini tashkil etishga qaratilgan – deydi suhbatdoshimiz Jarqo‘rg‘on tumani IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Jamoat tartibini saqlash guruhi va tumanlararo Patrul-post xizmati guruh kamandiri katta serjant Ch.To‘raev, Tuman hududi bo‘ylab barcha sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadidagi ishlar uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Text to speech