14 Noyabr 2022 yil 352

Maqsad-yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlashdir

Joriy yilning 28 oktabr kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 408-sonli hamda 596-sonli Qarorlari va viloyat hokimligining 2022 yil 12 oktabr kuni tasdiqlangan qo‘shma rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va Surxondaryo viloyati turizm va madaniy me’ros bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida viloyat hududidagi Turizm sohasiga aloqador barcha tashkilot mutasaddilari viloyat Turizm va sport boshqarmasi, mehmonxonalar, turistik firmalar, muzeylar, turizm namoyishi ob’ektlar hamda Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda bir qancha muammo va takliflar ko‘rib chiqildi. Termiz shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan mehmonxonalardagi kuzatuv kameralarini viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi navbatchilik qismidagi Situatsion markazga integratsiya qilish masalasi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ijobiy baholanib, ushbu mehmonxonalardagi kuzatuv kameralari Situatsion markazga integratsiya qilinishi kelishib olindi.

Yig‘ilishda qabul qilingan qaror va qo‘shma reja ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Axborot texnologiyalari aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV "Texnik ko‘maklashish markazi" davlat unitar korxonasi Surxondaryo viloyati filiali mas’ul xodimlari tomonidan Termiz shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan mehmonxonalardagi kuzatuv kameralari Situatsion markaziga integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech