Markaziy bank Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasida, kiberjinoyatning oldini olishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19 iyul kuni Markaziy bank Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasida Surxondaryo viloyat IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.Ketmonov, Surxondaryo viloyat IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Normo‘minov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I.Ismoilov, Surxondaryo viloyat IIB Tezkor xodimi D.Ibragimovlar ishtirokida, Plastik kartalardan pul mablag‘larini talon-taroj qilish holatlarining oldini olish borasida tashkiliy tadbirlar va bu bo‘yicha bank sohasida tergov qilingan jinoiy ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan seminarda, Markaziy bank Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi jamoasi, viloyat va tuman tijorat bank boshqaruvchilari, kredit yo‘nalishini nazorat qiluvchi o‘rinbosarlar, bank xavfsizligi, komplaens nazorati va xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, kiberxavfsizlik bo‘yicha turli ko‘rinishlar orqali fuqarolarning ishonchiga kirib ularning plastik kartalaridan pul yechib olish holatlari ko‘payib borayotganligi sababli, ushbu holatlarning oldini olishga qaratildi.
Semnarda fuqarolar bank plastik kartalaridan o‘zgalar pul yechib olishi natijasida, jinoyat qurboni bo‘lib qolayotganliklari sabablari mutaxassislar tomonidan chuqur tahilil qilindi va ushbu masala yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Seminar yakunida, kiberjinoyatlarga qarshi murosasiz kurash va ularning oldini olish uchun huquqtartibot organlari hamda bank mutaxassis xodimlari o‘zaro uzviy hamkorlik qilish orqali ushbu turdagi jinoyatchilikka chek qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab olishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati