Markazga keltirilgan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish bilan birga ular bilan psixologik o‘rganishlar ham olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 3 avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 490-sonli Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori asosida Viloyat IIB
Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasiga bevosita
bo‘ysinuvchi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi psixologi
tomonidan Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar bilan psixodiagnostik va psixoprofilaktik
ishlar hamda ularning ruxiy salomatligini o‘rganish maqsadida qator vazifalar amalga
oshirilmoqda.
Markazga qabul qilingan va saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-ruhiy muxit, voyaga yetmaganning atrof muxitga va bo‘layotgan voqea hodisalarga
bo‘lgan munosabatlarini aniqlash hamda psixoprofilaktik ishlar olib borildi. Shu jumladan psixodiagnostika
natijalariga ko‘ra psixologik konsultatsiyalar berildi va metodikalar o‘tkazildi,
olingan metodikalarning natijalariga ko‘ra temperamentlari aniqlanib va ularga psixologik
portretlar ishlab chiqilib, xulosalar berildi.
Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning ota-onalari chaqirtirilib
oilasining ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, oiladagi
bir-biriga bo‘lgan munosabatlarning qanchalik
sog‘lom muhitda yashayotganliklari, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma’suliyati
ularning qadriyatlar tizimi chuqur o‘rganilib, shu asosda tushuntirish ishlari olib
borildi.
Markazga
qabul qilingan har bir voyaga yetmagan bilan alohida-alohida individual suhbatlar
olib borilib, voyaga yetmaganlar bilan psixotreninglar o‘tkazilib kelinmoqda.