18 Avgust 2025 yil 17

Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar maxsus qabulxonada bo‘lishdi

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan jinoyat sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan hamda alohida ishlanishi lozim bo‘lgan oilalarda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlar o‘rtasida huqubuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hududiy jamoat tartibini saqlash maxsus qabulxonalari hamda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga tashriflarini tashkil etilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasiga asosan, Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi maxsus qabulxonasiga tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida, voyaga yetmaganlarga ushbu yerda saqlanayotgan shaxslarning qilmishlari ortidan bu joyga kelib qolish sabablari, yashash tarzini ko‘rsatish orqali kelgusida huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etishning salbiy oqibatlari, jamiyatdagi tartib qoidalarga rioya qilish, mas’uliyatli shaxs bo‘lish, qonunbuzarlikdan yiroq yurish kabi ijobiy hulqni shakllantirish borasidagi tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech