Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar o‘rtasida “Quvnoq startlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida viloyatimizda “Dolzarb-90” kun va “Sport sog‘lik garovi!” shiori ostida markazda saqlanayotgan voyaga yetmagan bolalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, markaz psixologi kapitan Jo‘raeva Mohida va markaz tarbiyachisi serjant Jalolov Shaxbozlar tomonidan “Quvnoq startlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov murosasiz bahslarga
boy o‘tdi, markazda saqlanayotgan voyaga yetmagan bolalar, sportning shaxmat-shashka,
valleybol va stol tennisi yo‘nalishlarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Ishtirokchilar
va g‘oliblar kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘ngida voyaga yetmagan bolalarga markaz psixologi kapitan M.Jo‘raeva tomonidan tarbiyaviy-psixologik tavsiyalar berilib, har bir huquqbuzarlik va jinoyat uchun jazosiz qolmasligi haqida tushuntirildi.