22 Iyul 2025 yil 469

Markazda saqlanayotgan bolalar urf-odat va an’analarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Dolzarb-90” kun tadbiri doirasida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmagan bolalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida markaz xodimlari tomonidan Termiz shahrida faoliyat olib borayotgan “Madaniyat markazi”ga olib borildi.

“Madaniyat markazi” mas’ul xodimi tomonidan bu yerda tarixiy urf-odatlar, an’analarimiz, madaniyat va san’atning bir biri bilan uyg‘unligi, uning o‘tmish-tarixlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Ushbu maskanda bolalarni qiziqtirgan teatr o‘yinchoqlari, multfilm qahramonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Text to speech