22 Iyun 2020 yil
641
"Marixuna"ning bir grammini saqlash ham qonunga ziddir
Angor tumanida 2020 yilning 18 iyun kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, tuman hududidagi oshxonalarning birida tumanning "Yangiturmush" mahallasida yashovchi J.A. shaxsiy tintuv qilinganda, yonidan 1 dona gugurt qutisiga qadoqlangan 2,49 gramm "marixuna" va yashash uyidan 3 dona gugurt qutiga qadoqlangan 4,63 gramm "marixuana" giyohvandlik moddasi hamda 1 tup "nasha" giyohvandlik o'simligi borligi aniqlanib hujjatlashtirib olingan. 19 iyun kuni J.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati