"Ma'rifat" xonasining kaliti topshirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, Angor tumanida tizimli ishlar olib borilyapti.
Xususan, tuman ichki ishlar bo'limi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamkorligida istiqbolli vazifalarni amalga oshirish borasida yo'l xaritasi ishlab chiqilgan. Hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, ichki ishlar bo'limida tashkil etilgan "ma'rifat" xonasining kaliti tuman bo'linmasi rahbariga topshirildi. Ushbu tadbir davomida, "ma'rifat" xonasiga bo'linma tomonidan kitoblar jamlanmasi taqdim qilindi.