5 Aprel 2023 yil 411

Marxum xodimlarning yaqinlari holidan xabar olindi  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 13 martdagi PF–34-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda Muborak Ro‘za ramazon oyi munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev boshchiligidagi bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari marhum katta leytenant Aytuganov Sherali Safarovichning Termiz tumani Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi turmush o‘rtog‘i va farzandlari hamda marhum podpolkovnik Valiev Samandar Jo‘raevichning Muzrabot tumani Navbahor mahallasida yashovchi ota-onasining holidan xabar olindi.

Xonadonlarga qilingan tashrif davomida, Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari hamda ularning qaramog‘idagi shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik qilish va hurmat-ehtirom ko‘rsatish shuningdek, jamiyatda ezgulik, hamjihatlik va insoniylik muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha davlatimiz rahbarining farmoni imzolanib, qator imtiyozlar bepul tibbiy yordam olishlari tushuntirildi.

Xonadon egalariga hamdardlik bildirilib, marhum safdoshlarning haqlariga duolar o‘qildi. Ularning Ona Vatan oldida qilgan ezgu amallari va xizmatlari xotirlandi.

Shuningdek, xonadon egalarining muammo va takliflari ham o‘rganilib, Ramazon oyi munosabati bilan sovg‘a salomlar ulashildi.

Text to speech