9 Fevral 2022 yil 408

Maqsadimiz yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta'minlashdir

Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlariga viloyat hududida joylashgan turizm namoyish obe'ktlariga tashrif buyurayotgan mahalliy hamda xorijiy fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni oldini olish, mahalliy hamda xorijiy mehmonlarga yo'l, tibbiy va shu kabi boshqa yordamlar ko'rsatish vazifasi yuklatilgan.
Shunga ko'ra, xodimlar tomonidan turizm namoyishi obe'ktlariga, tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy fuqarolarga zarurat bo'lgan taqdirda, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida, Toshkent tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali bilan "Shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish" mavzusida 36 soatlik shartnoma tuzilib, filialning malakali professor o'qituvchilari tomonidan trening kurslari o'tkazilib kelinmoqda.
Shuningdek, trening kurslar yakunida Toshkent tibbiyot Akademiyasi Termiz filaiali tomonidan xodimlarning birinchi tibbiy yordam ko'rsatish malakasi oshirilganligi bo'yicha "sertifikat"lar topshirilishi rejalashtirilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech