13 Yanvar 2022 yil 458

Maqsadimiz yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta'minlashdir

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turizm namoyish ob'ketlarida, viloyatimizga tashrif buyurayotgan mahalliy, xorijiy fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash hamda viloyat hududiga sayyohlar oqimini ko'paytirish borasida bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, viloyat hududida 101 ta turizm namoyishi ob'ektlari mavjud bo'lib, shundan asosiy turistlar tashrif buyuradigan 4 ta ob'ektlarda "TOURIST POLICE" ko'chma ma'lumotlar markazi o'rnatilgan, bular Termiz shahridagi san'at saroyi, Arxeologiya muzeyi, Termiz tumanidagi "Al Hakim at-Termiziy" va Sherobod tumanidagi "Abu Iso Muxammad Imom at-Termiziy" majmualarida xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi mas'ul xodimlari ajratilgan bo'lib, mazkur ob'ektlariga tashrif buyurayotgan mahalliy, xorijiy fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, hududda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni oldini olish, mahalliy va xorijiy mehmonlarga xarita orqali yo'l xizmati, tibbiy yordam ko'rsatib kelinmoqda. Shu bilan birga, turizm ob'ketlari atrofida faoliyat yuritayotgan savdo-sotiq do'konlaridagi sotuvchilariga sotilayotgan buyumlarning asossiz ravishda narxlarning oshirilmasligi, ular bilan xushmuomalada bo'lishlik hamda jinoyat va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish borasida viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash xodimlari bilan bevosita hamkorlik o'rnatilgan holda faoliyat olib borishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Termiz vokzali, Termiz xalqaro aeroportlaridagi radio uzeli orqali mumtazam targ'ibot ishlari olib borilishi natijasida 2021 yil mobaynida mahalliy va xorijiy turistlar bilan bog'liq baxtsiz hodisalar qayd etilmagan.
Bundan tashqari, viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi yo'l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan turizm namoyish ob'ketlarida fuqarolarni tashish ya'ni belgilangan yo'nalish bo'ylab harakatlanuvchi kirakash (taksi) haydovchilari bilan "Harakat xavfsizligini ta'minlash hammamizning burchimiz" mavzusida targ'ivot-tashviqot ishlarini mumtazam ravishda olib bormoqda.

Text to speech