7 Avgust 2025 yil
373
Manzildan adashgan shvesariyalik sayyohlarga tegishli yordam ko‘rsatildi
Shvesariyalik sayyohlar sayohat qilish maqsadida Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida borar manzilidan adashib qolib viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga qilgan og‘zaki murojaatiga asosan, xodimlar tomonidan viloyat hududidagi turizm yo‘nalishi xaritasi orqali kerakli manzillar mehmonxonalar, ovqatlanish maskanlari va turizm ob’ektlari haqida tegishli ma’lumotlar berilib, keyingi manziliga kuzatib qo‘yildi.
Ushbu ko‘rsatilgan amaliy yordamdan shvesariyalik sayyohlar mamnun bo‘lib Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini izhor etishdi.