24 Iyul 2025 yil 332

Manzildan adashgan turkiyalik sayyoh xavfsiz turizm xodimlari ko‘magidan mamnun.

Turkiyalik Dagʼdeviren Ekrem ismli sayyoh sayohat qilish maqsadida Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida borar manzilidan adashib qolib viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga qilgan og‘zaki murojaatiga asosan, xodimlar tomonidan viloyat hududidagi turizm yo‘nalishi haritasi orqali kerakli manzillar mehmonxonalar, ovqatlanish maskanlari va turizm ob’ektlari haqida tegishli ma’lumotlar berib o‘tilib, keyingi manziliga kuzatib qo‘yildi.

Ushbu ko‘rsatilgan amaliy yordamdan turkiyalik sayyoh mamnun bo‘lib Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Text to speech