18 May 2023 yil 207

Ma'naviyat oyligi doirasida "Kitob yarmarkasi" va "Bir juft kitob" sovg'a aksiyasi tashkil etildi

 O'zbekiston Respublikasi IIV ning 2023- yil 11- apreldagi 100- sonli Farmoyishiga asosan 1-31- may kunlari Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Ma'naviyat oyligi" doirasida IIV Surxondaryo akademik litseyida  o'quvchilar va xodimlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Jahon adabiyoti, milliy va xorijiy adabiyotlar, Ichki ishlar organlari xodimlari o'qishi uchun tavsiya etilgan kitoblarni arzonlashtirilgan yarmarkadan  xodimlar o'zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni xarid qildilar. Barcha xodimlar IIV Surxondaryo akademik litsey kutubxonasiga bir juftdan kitob sovg'a qildilar. O'quv xonalaridagi kitob burchaklari  badiiy va ilmiy asarlar bilan yanada boyitildi.

Text to speech