15 May 2023 yil 207

"Ma’naviyat oyligi" doirasida ichki ishlar organlari xodimlari bilan psixoprofilaktik ishlar davom ettirilmoqda

 Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan  Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shuningdek xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Hususan, xodimlarning ruhiy holatini o‘rganish, individual psixologik hususiyatlari amda kasbiy faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hususiyatlarini shakllantirish maqsadida psixologik testlar olindi. 

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazildi. 

Shu bilan birga xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishi, korrupsiya kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Text to speech