18 May 2023 yil 181

"Ma’naviyat oyligi" doirasida hamda "Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan Ichki ishlar organlari xodimlari muzeylarga tashrif buyurishdi.

"Ma’naviyat oyligi" doirasida hamda 18-may “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari Termiz shahridagi "Termiz Arxeologiya muzeyi" va "Termiz" davlat qo‘riqxonasi muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzey xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlari hamda ularning oila a’zolari muzeylardagi barcha eksponatlar bilan xususan vohamizdagi arxeologik topilmalar, qadimiy buyumlar, vohamizning qadimgi aholisi foydalangan uy-ro‘zg‘or buyumlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak bugungi kunda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan muzeylarda yurtimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq ashyolar, tarixiy ma’lumotlar saqlanmoqda.

Text to speech