“Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025 yil 24 mart kunidagi hamda viloyat IIB boshlig‘ining joriy yil 31 mart kunidagi tegishli farmoyishlariga asosan, “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida, joriy yilning 19 aprel kuni viloyat ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu ko‘rik-tanlovda boshqarmaning sohaviy xizmat va barcha shahar-tuman
ichki ishlar bo‘limlari xodimlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasiga biriktirilgan
7-sonli maktab o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Qizg‘in va
murosasiz kechgan baxslarda yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni Sherobod tumani
IIB Jamoat xavfsizilig xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika
inspektori katta leytenant Ro‘ziboy Choriev, 2-o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumani IIB Jamoat
xavfsizilig xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori
katta leytenant Ilyos Sodiqov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibi
bo‘lgan 1-o‘rin Muzrabot tumani IIB Jamoat xavfsizilig xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘limi Tashkiliy-tahlil guruhi katta inspektori leytenant Davron
Abduxamidov egallashdi.
Ko‘rik- tanlov
yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar boshqarma boshlig‘ining diplom
hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tanlovlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ularda notiqlik xususiyatlarini yanada rivojlantirishga yordam beradi.