“Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025 yil 24 mart kunidagi hamda viloyat IIB boshlig‘ining joriy yil 31 mart kunidagi tegishli farmoyishlariga asosan, “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida hamda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan, joriy yilning 9 aprel kuni viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
Ushbu
intellektual o‘yinda boshqarmaning sohaviy xizmat va barcha shahar-tuman ichki ishlar
bo‘limlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasiga biriktirilgan 7-sonli maktab
o‘qituvchilaridan tashkil topgan jami 15 ta jamoalar ishtirok etishdi.
Qizg‘in
va murosasiz kechgan baxslarning yakuniy natijalariga ko‘ra 3-o‘rinni Jarqo‘rg‘on
tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi, 2-o‘rinni viloyat ichki ishlar boshqarmasi
Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jamoasi qo‘lga
kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibligi Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi
jamoasiga nasib qildi va tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Musobaqa
so‘ngida g‘olib jamoalar boshqarma boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho esdalik
sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tanlovlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning intellektual salohiyati, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda notiqlik xususiyatlarini yanada rivojlantirishga yordam beradi.