10 Aprel 2025 yil 962

“Ma’naviyat oyligi” doirasida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari kutubxonaga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-son qarori va Ichki ishlar vazirining 2025 yil 24 martdagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 aprel kunidan 30 aprel kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” doirasida turli ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari Termiz shahrida joylashgan “Sobir Termiziy” nomidagi kutubxonaga tashrif buyurishdi. Bu maskanda xodimlar o‘zlarining bilim va malakalarini boyitish, o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonliklarini yanada oshirishlari nazarda tutildi.

Text to speech