14 Aprel 2025 yil 973

"Ma’naviyat oyligi” doirasida Angor tumani IIB tomonidan otaliqqa olingan 24 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan 1 aprel kunidan 30 aprel kuniga qadar “Ma’naviyat oyligi” mobaynida Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantlari bilan tuman IIB boshlig‘iga biriktirilgan otaliqqa olingan 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida, IIV Akademiyasi kursantlarining ta’lim olishda yaratilgan shart-sharoitlar, ularning hayoti hamda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan IIV Surxondaryo akademik litseyiga o‘qishga topshirish yuzasidan targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, litsey o‘quv dargohida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar berildi.

Text to speech