“Ma’naviyat oyligi” doirasida, Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-110-sonli qarorining 7-bandi asosida, IIVga va hududiy IIBlarga biriktirilgan maktab o‘quvchilari hamda IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida, IIVning 2025-yil 24-martdagi 118-sonli farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida, Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qiziqarli va bahslarga boy tarzda o‘tgan intellektual o‘yinning
yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – Termiz tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining
“Utopiya” jamoasi.
2-o‘rin – IIV Surxondaryo akademik litseyining “Kelajak
avlodlari” jamoasi.
3-o‘rin – Termiz shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabining “Liderlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.