28 Aprel 2025 yil 318

"Ma’naviyat oyligi" doirasida IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun muzeyga sayohat tashkil etildi.

IIVning 2025 yil 24 martdagi 118-sonli farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan "Ma’naviyat oyligi" doirasida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 28 aprel kuni IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari Surxondaryo arxeologik muzeyiga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida o‘quvchilar yurtimizning qadimiy  yodgorliklari, boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishishdi. Muzey eksponatlari orqali O‘zbekiston hududida qadimdan mavjud bo‘lgan sivilizatsiyalar, qadimgi shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Xususan, Kushon podsholigi davriga oid nodir artefaktlarni ko‘rib, bu davrda yurtimizda ilm-fan, san’at va iqtisodiyotning yuksak taraqqiy etgani, Surxondaryo vodiysi qadimiy Kushon madaniyatining markazlaridan biri bo‘lgani haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Sayohat o‘quvchilarda o‘z milliy o‘zligiga va tarixiy merosga nisbatan yanada chuqur  hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.

Text to speech