“Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.
Vazirlar mahkamasining
2020 yil 14 dekabrdagi 781-son qarori va Ichki ishlar
vazirining 2025 yil 24 martdagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 aprel
kunidan 30 aprel kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” deb e’lon
qilingan.
Shu
munosabat bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, joriy yilning 07 aprel kuni viloyat ichki ishlar
boshqarmasida “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng
ustuvor vazifamiz!” shiori ostida, “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.
Mazkur yarmarkani
o‘tkazishda ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning bilim va malakalarini boyitish,
fikrlash doirasini kengaytirish, xodimlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida, boy madaniy
merosimiz, tarixiy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat,
istiqlol g‘oyalariga sadoqat, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning
ma’naviy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonliklarini yanada oshirishdan iboratdir.
Tashkil etilgan kitob yarmarkasida
xodimlar o‘zlari sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va adiblarning sara ijod namunalari
aks etgan kitoblardan nafaqat o‘z ehtiyojlari uchun balki viloyat ichki ishlar boshqarmasida
mavjud kutubxonaning kitob fondini boyitish maqsadida ham kitoblar harid qilishib,
o‘z nomlaridan kutubxonaga esdalik tariqasida sovg‘a qilishdi.