7 Aprel 2025 yil 556

“Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tarixga nazar solmasdan, kelajakka boqib bo‘lmaydi. Binobarin, insonni inson etib tarbiyalashda eng yaxshi vosita bu tarix deb bejizga aytilmagan. Keksalarimiz esa tirik tariximizdir.

Ichki ishlar vazirining 2025 yil 24 martdagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 aprel kunidan 30 aprel kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” deb e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida,  joriy yilning 07 aprel kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va faxriylari ishtirokida “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz!” shiori ostida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda, dastlab viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev so‘zga chiqib, jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi mayor Bo‘ri Shodiev so‘zga chiqib, uzoq yillik mazmunli hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, xizmat davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar va mashaqqatlar haqida so‘zlab, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan nuroniylar qolaversa ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilayotgan shar-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi, el-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi, faxriy ustozlar tizimida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar uchun doimiy ravishda mas’ul ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.

Text to speech