4 Aprel 2025 yil 566

“Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining konsert dasturi hamda xotin-qizlar o‘rtasida ko‘rik tanlov tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va so‘z ustalari ishtirokida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun konsert dasturi tashkil etildi.

O‘tkazilgan konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan elimizning xushovoz san’atkorlari hamda so‘z ustalari tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlari, dil tortar navolari-yu, hangomalari konsert dasturiga tashrif buyurgan xodimlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar ham faol ishtirok etib, milliy an’analarimiz, qadriyatlarimizni o‘zlarida aks ettirgan milliy libos va bezaklarga burkangan tizimning barcha sohalarida sidqidildan xizmat olib borayotgan ayol xodimalarimiz o‘zlarining milliy merosiga bo‘lgan hurmat va ehtiromni namoyon etishib, xodimalar o‘rtasida tashkil etilgan "Milliy taomlar" hamda “Milliy liboslar” ko‘rik-tanloviga ulanib ketdi. Musobaqada ishtirokchilar o‘zlari tayyorlagan milliy taomlari bilan bezatilgan dasturxon, hamda liboslar targ‘iboti milliylik va qadriyatlar uyg‘unligi, milliy laparlar, she’rlar va raqslarini hakamlar e’tiboriga havola etdilar.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra: “Barchinoylar” jamoasi 1-o‘rinni,  “O‘zbegim qizlari” jamoasi 2-o‘rinni, “Femida” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech